Yashnobod sudi fuqaroga suddan oldin hukm o‘qib, bazaga kiritib qo‘ygan.
Advokat Abdumalik Abdullayevning yozishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi M.Matchanov fuqaro D.ga nisbatan 2024-yil 13-fevral kuni hukm o‘qigan. Lekin hukm bazaga 12-fevral kuni, yaʼni hukm o‘qilishidan bir kun oldin joylashtirib qo‘ygan. Bu haqda sobiq deputat Kusherbayev telegram sahifasida e’lon qildi.
Bundan ham qizig‘i, bazaga kiritilgan hukm bilan jinoyat ishi hujjatlariga qo‘shilgan hukm farqli.
Yaʼni, jinoyat ishi xujjatlariga qo‘shilgan hukm matnida ekspertiza xulosasiga ko‘ra, giyohvandlikdan majburiy tartibda davolanishi shart bo‘lgan D.ga nisbatan JKning 96-moddasi qo‘llanilganligi, shuningdek, sudlanuvchiga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosinini tayinlashda JKning 46-moddasi talablarining rioyasi aks ettirilgan. Biroq, bazadagi hukmda bular ko‘rsatilmagan.
Demak, bundan tushuniladiki, fuqaroga hukm oldindan o‘qib qo‘yilgan, ertasiga esa “teatr” uyushtirilgan xolos. Sudlarimiz, ayniqsa Yashnobod sudidan bunaqa ishlarni kutish mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!