Jahon

Turkiyada 18 yoshli yigit masjid hovlisida bosqinchilik uyushtirdi

Turkiyada 18 yoshli yigit masjid hovlisida bosqinchilik uyushtirdi

Turkiyaning Eskishehir shahrida fashistlarning ramzini taqib olgan niqobli yigit masjid hovlisidagi odamlarga boltacha va pichoq bilan hujum qildi. Hodisada 7 kishi jarohatlandi. Hujumchi politsiya tomonidan qoʻlga olindi.

Turkiyaning Eskishehir shahrida fashistlarning ramzini taqib olgan niqobli oʻsmir masjid hovlisidagi odamlarga boltacha va pichoq bilan hujum qildi. Hodisada 7 kishi jarohatlandi, ulardan ikki nafarining ahvoli ogʻir.

Oʻz qilmishlarini tana kamerasi orqali qayd etib borgan yigit politsiya tomonidan qoʻlga olindi. Yigit hujumga qattiq tayyorgarlik koʻrgan, buning uchun maxsus liboslar, dubulgʻa, koʻzoynak, niqob, sayohatchi boltachasi va pichoqlarini sotib olgan, oʻzi uchun maxsus qoʻllanma tayyorlagan.

Qoʻllanmada norvegiyalik Anders Breyvik (2011-yilda 77 kishini oʻldirgan), yangi zelandiyalik Brenton Tarrant (2019-yil, 51 kishi), amerikalik Stiven Peddok (2017-yil, 60 kishi) va Timoti Makvey (1995-yil, 165 kishi) kabi ommaviy qotillarni “Zamonaning Azizlari” deb atab, ularning qotilliklaridan ilhomlangan. Bu qotillarni “dunyoda oʻnlab qoʻngʻizlardan tozalaganini” iddao qilgan oʻsmir oʻzining ham ular qatoriga kirishini bildirgan.

Shuningdek, uning qaydlarida eski rejasida:

– TKP (Turkiya kommunistik partiyasi – tahr.) binosiga hujum qilish;

– Qochqinlarni roʻyxatga olish markazini portlatib yuborish;

– Qochqinlarning uylarini nishonga olish va ularning barchasini yoʻq qilish;

– LGBT marshiga bomba tahdidi haqida xabar berish;

-Feministlarning gaz bakiga shakar quyish;

-Mafkuraviy dushmanlar, kommunistlar, markschi va antifashistlarni tozalash kabilar boʻlganini yozgan.