Biznesni rivojlantirish banki «BRB Fintech Hackcelerator» IT-tanlovini/Xakatonni boshlanganini eʼlon qildi. Ushbu tadbir O‘zbekistonda IT-biznesni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion mahsulotlar yaratish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan. Xakaton Amity universiteti, Yandex, O‘zbekiston IT hamjamiyati va Veon AdTech kabi yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 300 mln.so‘m bo‘lgan ushbu xakaton uchun 200 ta jamoalardan ariza topshirilgan, ulardan jami 206 ta aʼzosi bo‘lgan 47 ta jamoa tanlab olingan. Jamoalar yetakchi IT kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari, universitetlar va taʼlim muassasalarining kuchli vakillaridan tashkil topgan.
Bir oylik «BRB Fintech Hackcelerator” musobaqasi davomida yaratilgan mahsulotlar va yechimlar tadbirkorlar uchun innovatsion xizmatlarni yaratish, ularga yangi imkoniyatlarni ochishga yordam berishi kutilmoqda.
46 ta jamoani bir oylik intensiv ish kutmoqda, ular yetakchi mentorlardan maslahat va ko‘rsatmalar olgan holda o‘z potensiallarini ochish va yaratiladigan IT-mahsulotlar uchun maqbul yechimlarni topishni ko‘zlashgan.
Biznesni rivojlantirish bankining ushbu tadbirdan asosiy maqsadi O‘zbekistonda IT-biznesni, startaperlarni va dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishdan iborat. «BRB Fintech Hackcelerator»ni har yili o‘tkazish xamda innovatsion mahsulotlar yaratiladigan xamda tajriba almashinadigan maydonga aylantirish rejalashtirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!