Toshkentda piyodalar o‘tish yo‘liga mashina «parkovka» qilgan haydovchi javobgarlikka tortildi.
Toshkent shahridagi «Oloy» bozori yonidagi piyodalar o‘tish joyida to‘xtab qolgan haydovchi javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, «Oloy» bozori yaqinidagi piyodalar o‘tish joyiga to‘xtab qolgan haydovchi haqida ma’lumot tarqalgach, unga chora ko‘rilgan. Huquqbuzarga nisbatan Fuqarolik kodeksining tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Shuningdek, haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!