Yangiliklar

O‘zbekiston bosh vaziri Afg‘onistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston bosh vaziri Afg‘onistonga tashrif buyurdi

Bosh vazir Abdulla Aripov va Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Kobulda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasida qatnashmoqda. Shuningdek, tashrif davomida Tolibon va O‘zbekistonning savdo palatalarini tashkil etish masalasi muhokama qilinadi.

Bugun, 17-avgust kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Kobulga tashrif buyurdi. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Aripovning Kobulga tashrifidan maqsad O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasini ochish va Tolibon bilan ikki tomonlama uchrashuvda qatnashishdir.

Bosh vazirining tashrifi bir kun oldidan O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Kobulga borib, Tolibon vakillari bilan uchrashgan. Ushbu uchrashuvda Kobul va Toshkentda Tolibon va O‘zbekistonning savdo palatalarini tashkil etish va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

O‘zbekiston hukumati rahbari «Tolibon» nazoratidagi Afg‘onistonga tashrif buyurgan eng yuqori lavozimli mansabdorlardan biriga aylandi.