Ilm-fan

Yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi

Yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi

2024-2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Natijalarni 4 xil usulda bilish mumkin:

— my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JSHSHIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin).

— mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni kiritgan holda.

— SMS xabarnoma xizmati orqali — 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).

—Oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladigan test natijalari qaydnomalari orqali.