Kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar ijrosi bo‘yicha 3 bosqichda – mahalla va tuman, viloyat hamda respublika darajasida monitoring tashkil qilinadi.
Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi ommabop Al Harir gazetasida «O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va mamlakatning ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «.
Ushbu maqolada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 14 avgust kuni kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishgani haqidagi ma’lumotlar mushtariylar e’tiboriga taqdim qilingan.
O‘zbekistonda kelgusi uch yilda kambag‘allik darajasini 11 foizdan 7 foizga qisqartirish maqsad qilingan. Hozirgacha bo‘lgan tizim bilan natijadorlikni oshirish qiyin. Kambag‘al oilani tanlashda aniqlik, ularni bu holatdan olib chiqish va mablag‘ ajratishda yaxlitlik yetishmaydi.
Taqdimotda ushbu ikki sohani mutanosib rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi, deya ta’kidlangan materialda.
Unga ko‘ra, tahlillardan kelib chiqib, kambag‘allikni aniqlash mezonlari va manzilli ro‘yxati shakllantiriladi. Jumladan, unga «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»dagi hamda kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lganlar kiritiladi. Bunday oilalar «mahalla yettiligi» va faollari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlanadi. Kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan barcha ijtimoiy xizmat va yordamlar «Inson» markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, kambag‘allik omillarini o‘rganish uchun ijtimoiy himoya va bandlik masalalarida 8 ta yo‘nalishda yagona savolnoma ishlab chiqiladi. Shu asosida oilalarning imkoniyatlari baholanib, 3 ta toifaga ajratiladi. Har bir oilaga individual yondashilib, «oyoqqa turishi»ga ko‘maklashiladi.
Nashrda, shuningdek, O‘zbekistonda har yili kambag‘allikni qisqartirishga 14 trillion so‘m yo‘naltirilayotgani ma’lum qilingan. Kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar ijrosi bo‘yicha 3 bosqichda – mahalla va tuman, viloyat hamda respublika darajasida monitoring tashkil qilinadi. Bu borada jamoatchilik nazorati o’rnatilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!