Farg‘onada 32 yoshli erkak onasini o‘lasi qilib kaltaklab, uning barmoqlarini kesib tashladi. Ona “hech narsa qilmagan”ini aytib, farzandiga suddan yengillik so‘radi.
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida 1992 yilda tug‘ilgan yigit onasini kaltaklab, barmoqlarini kesib tashlab, so‘ng o‘z joniga qasd qildi.
Jabrlanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, 2024 yilning 7 iyun kuni ular birga nonushta qilgan. Bir ozdan keyin oshxonada ish qilib turganida ortidan o‘g‘li kelib, bexosdan sen nima sababdan onamni uryapsan, onamni qiynama deb gapirib, qo‘llarini ushlab, sen onamni shu qo‘llaring bilan urdingmi deb qo‘lidagi tokqaychi bilan ikkala qo‘li bosh va jimjiloq barmoqlarini kesib tashlagan. O‘g‘li qo‘lini tokqaychi bilan kesganida ona bo‘lgani sababli og‘riqni his qilmagani, hozirda sog‘lig‘i yaxshi ekani, o‘g‘li N.Ismatullayevga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini, qonuniy yengillik berishni so‘radi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchida ikkala qo‘llari 1,5 barmoqlarini barmoq kaft bo‘g‘imlari sohalaridan to‘liq travmatik amputatsiyasi, pastki jag‘, burun, chap ko‘zi, ko‘z ostining kesilgan yaralari, chap ko‘z yuqori qovog‘i, to‘sh, o‘ng umrov, bel, o‘ng bilagi, o‘ng son sohalarini shilinmalari va yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi aniqlangan. Ushbu tan jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra, og‘ir shikastlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.
Sudlanuvchiga nisbatan ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanish uchun tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanildi. Erkak Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tibbiy yo‘sinda majburiy tartibda davolanish uchun yuborilgan.
Ashyoviy dalil tariqasida olingan bir dona tok qaychi yo‘q qilindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!