Jamiyat, Madaniyat

O‘zbekistonda tabiat himoyachilari va eng toza mahallalar taqdirlanadi

O‘zbekistonda tabiat himoyachilari va eng toza mahallalar taqdirlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan «Tabiat uyg‘unligi himoyachisi» va «Eng toza mahalla» tanlovlari o‘tkaziladi.

«Tabiat uyg‘unligi himoyachisi» tanlovida sanitar tozalash korxonalarining kamida 10 yil mehnat qilgan xodimlar qatnashishi mumkin. G‘oliblarga davlat OTMlariga o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga bir yillik kontrakt to‘lovi (BHMning 30 baravaridan oshmagan qismi) to‘lab beriladi.

«Eng toza mahalla» tanlovi esa har yili noyabr – yanvar oylarida o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblari 21-mart – Navro‘z bayrami arafasida munosib taqdirlanadi.

G‘olib bo‘lgan mahallalarning tegishli jamg‘armasiga chiqindi konteynerlari o‘rnatish va daraxt ekish uchun 500 mln so‘mdan pul mukofoti o‘tkazib beriladi hamda xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil topshiriladi.