Ma’lum qilinishicha, odamlar gavjum bo‘ladigan joylar, jumladan, 60 ta asosiy jamoat transporti bekatlari boshpanalar joylashtirilishi uchun ustuvor nuqtalar bo‘ladi. Xuddi shunday chora-tadbirlar 10 ta boshpana o‘rnatish rejalashtirilgan Jeleznogorskda ham ko‘rilmoqda. Mazkur tadbirlar yaqin kunlarda Kurchatovda ham amalga oshiriladi.
Kursk meri Igor Kutzak mahalliy aholiga agar boshqaruv kompaniyalari bu vazifani uddalay olmasa, bombapanohlarni mustaqil ravishda tartibga solishni taklif qilgandi.
“Ukrainalik jangchilar Kursk viloyatining ayrim hududlarida himoya operatsiyasini davom ettirmoqda. Bugungi kunda bizning kuchlarimiz 1250 kvadrat kilometrdan ortiq dushman hududi va 92 ta aholi punktini nazorat qilmoqda”, degan u.