Ma’lum qilinishicha, hududning katta qismida 24-avgust, shanba kuni havo harorati 34-37 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi, harorat 30-33 daraja atrofida, janubda 35-37 darajagacha bo‘ladi.
Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 23—24-avgust kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 19-22 daraja, shanba kuni kunduzi 33-36 daraja, yakshanba kuni 31-36 daraja bo‘ladi.