Toshkentning Yashnobod tumanida 2020 yilda Isroil fuqarosi uch oyda uy qurib beraman deb fuqarolarni chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Mening yurtim» telekanali xabar berdi.
Firibgar 9 ta xonadonni 57 kishiga sotib, yurtiga qochib ketgan.
«Sud bo‘ldi, tergovchilar almashdi, lekin hech qanday foyda bo‘lgani yo‘q. Sud jarayonlari bir yildan beri davom etyapti», deydi jabrdiydalardan biri.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!