Kecha, 25-avgust kuni 9 nafar bola, bundan avval 22 nafar bola (13 nafari – Sankt-Peterburg shahridan, 9 nafari – Moskva shahridan, 8 nafari – Novosibirsk shahridan, 1 nafari – Qozon shahridan olib kelingan) Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Xabar berilishicha, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) o‘zining xorijiy hamkasbi – Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovaga yuborgan so‘rovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish choralari ko‘rilayotgani, O‘zbekiston mas’ul idoralari (IIV, TIV) tomonidan bolalarni mamlakatga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda Rossiyada yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam so‘ragan.
“O‘zbekiston Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Rossiya Bolalar ombudsmanining tezkor choralari natijasida mazkur masalada zarur ko‘mak ko‘rsatildi va ular joylashgan hududlarda bolalar uchun qulay va munosib shart-sharoit ta’minlandi”, deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!