Surxondaryo viloyati Boysun tumanida noqonuniy diniy faoliyatga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Boysun tumanida noqonuniy diniy saboq berish bilan shugʻullanuvchi shaxs faoliyati aniqlangan. 1989 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oʻrta boʻlgan shaxs oyiga 500 ming soʻmdan bir million soʻmgacha boʻlgan miqdorda uyida 11 nafar voyaga yetmagan bolaga hujra sharoitida turli diniy adabiyotlardan foydalanib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!