Qozog‘iston hukumati 2024 yil oxirigacha olma olib kirishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bosh vazir saytida xabar berildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, bu yil olma yalpi hosili 300 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Mevalarning bunday ishlab chiqarish hajmiga erishish o‘tgan yillarda bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun ko‘rsatilgan davlat qo‘llab-quvvatlash choralari tufayli mumkin bo‘ldi.
“2024 yilda olma bog‘lari to‘liq hosilga kirishi va hosildorlikning 18 foizga oshishi kutilmoqda, bu ichki bozor ehtiyojini qondiradi”, deyiladi hukumat bayonotida.
Muhokama yakuniga ko‘ra, yil oxirigacha Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan tashqari, uchinchi mamlakatlardan Qozog‘istonga transportda olma olib kirishni vaqtinchalik taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!