O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan joriy yilning 31 avgust hamda 1,2,3 sentyabr dam olish kunlarida poytaxtda avtobuslar qay tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Unga ko‘ra, “Toshshahartransxizmat” avtobus saroylari tasarrufidagi avtobus yo‘nalishlarining faoliyati 31 avgust va 1, 2, 3 sentyabr kunlari yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi.
Bayram kunlari Toshkent metrosi esa 31 avgust va 1 sentyabr kunlarida odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida faoliyat olib boradi. 2 va 3 sentyabr kunlari esa dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!