Yangiliklar

Nazarboyevning kelini 12 yilga qamaldi

Nazarboyevning kelini 12 yilga qamaldi

Olmaota sudi Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyanining sobiq rafiqasi Gulmira Satibaldini 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

U odam o‘g‘irlash, tovlamachilikda aybdor deb topildi. Uning haydovchisi va yordamchisi Madi Botirshayev odam o‘g‘irlashda aybdor deb topilib, to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud, shuningdek, Gulmira Satibaldidan jabrlanuvchi foydasiga 2,6 milliard tenge miqdoridagi moddiy zarar va ma’naviy zarar uchun 10 million tenge tovon undirdi. Madi Botirshayevdan 2 million tenge undirilgan. Ikkalasi ham o‘z aybiga iqror bo‘lmagan. Davlat ayblovi ularni mos ravishda 13 va 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi.

Sud 2019 yilda Gulmira Satibaldi qarindoshi va biznes sherigi Abay Junusovni 5 milliard tengeni o‘zlashtirishda ayblaganini aniqladi. U hamma narsani rad etdi, shundan so‘ng Sotibaldi Madi Botirshayevga murojaat qildi. Birgalikda yigitni uyiga olib ketishdi, telefon va pasportini olib ketishdi. Junusov 165 kun aloqasiz ushlab turilgan. Bu vaqt ichida u qarindoshlari bilan birga Ostona va Olmaotadagi bir nechta shirkat va kvartiralarni, ofis maydonini va mashinani Satibaldaning ishonchli vakillariga o‘tkazib bergan.

Bu Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldaning (ular 2002 yilda ajrashgan) sobiq rafiqasi Gulmira Satibaldaning uchinchi hukmidir. 2023 yil may oyida sud uni o‘zboshimchalik va odam o‘g‘irlashda ayblab, etti yilga ozodlikdan mahrum qildi. O‘sha yilning iyun oyida u o‘zgalarning mulkini o‘zlashtirgani uchun sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi.