Yangiliklar

Kuz faslida qaysi kasalliklar avj oladi?

Kuz faslida qaysi kasalliklar avj oladi?

Kuz fasli — qator surunkali va mavsumiy kasalliklar avj oladigan davr. Buning asosiy sababi immunitet zaiflashishi bilan bog‘liq. Chunki salqin va yomg‘irli kunlar boshlangach, havoda namlik darajasi ortib, organizmning virus va infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyati pasayadi.

🔽 Bu mavsumda eng ko‘p uchraydigan kasalliklar quyidagilar:

🔸 O‘RVI;
🔹 gripp;
🔸 LOR xastaliklari;
🔹 sistit;
🔸 piyelonefrit (buyrak yallig‘lanishi);
🔹 gerpes;
🔸 surunkali bo‘g‘im kasalliklari;
🔹 oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi;
🔸 mavsumiy allergiya;
🔹 dermatoz;
🔸 asab va ruhiy kasalliklar.

📉 Masalan, kuz oylarida immunitet susayishi hisobiga organizm nafaqat viruslar, hatto sovuq harorat ta’siriga ham yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmasligi mumkin.

🩺 Angina, faringit, tonzillit, laringit, traxeit, bronxit, rinit, sinusit, otit kabi LOR kasalliklari, O‘RVI shu tariqa yuzaga keladi. O‘z navbatida, shamollash bilan birga, ba’zan lablar atrofida gerpes paydo bo‘ladi.

📌 Salqin havo ta’sirida kuchayadigan yana bir xastalik sistitdir. Chunki quviq va peshob yo‘llari infeksiyasi aynan kuzda avj oladi. Xastalik o‘z vaqtida davolanmasa, piyelonefrit (buyrak yallig‘lanishi) kelib chiqishi xavfi oshadi.

🔬 Sentyabr oyi allergiyadan aziyat chekuvchilar uchun — qiyin davr. Negaki, yovvoyi o‘tlarning gullash mavsumi shu oyda avj pallaga chiqadi.

💊 Shuningdek, mavsum o‘zgarishi, organizmda vitaminlar yetishmovchiligi, endokrin buzilishlar, noto‘g‘ri ovqatlanish va stress kabi omillar tufayli oshqozon yarasi bezovta qilishi ehtimoli bor.

🔎 Kuzning sovuq va nam havosi bo‘g‘im kasalliklari qo‘zg‘alishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.