Ma’lum qilinishicha, havo harorati 30—31-avgustda kunduz kunlari 31-35 daraja atrofida, janubda 37 darajagacha bo‘ladi. 1-sentyabrdan respublika hududi bo‘yicha harorat foni asta-sekin pasayadi va 2—3-sentyabrda harorat 28-31 daraja atrofida bo‘ladi. Harorat kechalari 13-15 darajagacha pasayadi.

Nisbatan salqin havoning kirib kelishi baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan qayd etiladi.

Toshkentda 30—31-avgust va 1—3 sentabr kunlari havo asosan ochiq bo‘ladi. Shamol 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 1—2-sentyabrda 10-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat asosan kechalari 15-18 daraja, 3-sentyabrda 13-15 daraja, kunduz kunlari 30—31-avgust va 1-sentyabrda 30-34 daraja, 2—3-sentyabrda 28-30 daraja bo‘ladi.