Vaziyat yuzasidan FVV xabar berdi.
Kecha, 1-sentyabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati, Boysun tumani «Ko‘lqamish» MFY hududida joylashgan «Mustaqillikning 25-yilligi» koniga qarashli 604-son qudug‘ida burg‘ulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.
Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Fuqarolarni tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Vaziyat to‘liq nazorat ostida.
Hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari yetib borib, mutaxassislar tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!