Jamiyat

Surxondaryodagi gaz konidagi avariyani prezident nazoratga oldi

Surxondaryodagi gaz konidagi avariyani prezident nazoratga oldi

Surxondaryodagi gaz konidagi avariyani prezident nazoratga oldi. Fuqarolardan ortiqcha sarosimaga tushmaslik soʻraldi.

Boysun tumani Koʻlqamish mahallasidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuzaga kelgan oltingugurt gazi chiqishi oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha Respublika darajasidagi vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat tezkor shtab tuzildi.

Prezidentining topshirigʻiga asosan, Bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov, Favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor Abdulla Qoʻldoshev, Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Bahodirjon Sidiqov hodisa joyiga yetib borgan.

“Texnogen hodisa oqibatlari va hududga taʼsirini bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Fuqarolardan ortiqcha sarosimaga berilmaslik, ijtimoiy tarmoq faollaridan esa aholi oʻrtasida vahima uygʻotuvchi materiallarni tarqatmaslik soʻralgan.