Yangiliklar

“Kannabis” parvarishlab kelayotgan fuqaro aniqlandi

“Kannabis” parvarishlab kelayotgan fuqaro aniqlandi
G‘ijduvon tumanida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va DXX xodimlarining o‘zaro hamkorligida “Qoradori 2024” tezkor tadbiri o‘tkazildi.

Unda ushbu tuman fuqarosi N.X ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan vaqtda 8 tup “Kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

“Kannabis” parvarishlab kelayotgan fuqaro aniqlandi

Ashyoviy dalil hisoblangan mazkur o‘simliklar hozir ekspertizadan o‘tkazish maqsadida taqdim etilgan. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.