Jamiyat

Majburiy tibbiy sug‘urta 1- oktyabrdan ishga tushadi

Majburiy tibbiy sug‘urta 1- oktyabrdan ishga tushadi

Buning uchun yil yakunigacha “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi 1-oktyabrdan Toshkent shahri va Sirdaryo viloyati, 2025 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston, 2026 yil yakuniga qadar boshqa hududlarda joriy etilishi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-sentyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Buning uchun 2024 yil yakunigacha “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi. Tibbiyot xodimlari ulardan foydalanish bo‘yicha o‘qitiladi. Muassasalar zarur texnika va tarmoq qurilmalari bilan jihozlanadi.

Bu tizimning ahamiyati shundaki, tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq qilinadi.  Sug‘urta doirasida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi, aholidan qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.