Samarqand viloyati Ishtixon tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda “Mening yurtim” telekanalining “Hudud” informatsion dasturida xabar berilgan.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi Lasetti mashinasi bilan Ishtixon tumanidagi Odil mahallasi hududida tezlikni meʼyordan oshirgan va qarama-qarshi yoʻnalishda oʻz yoʻlidan kelayotgan mototsikl bilan toʻqnashgan.
Oqibatda mototsikl haydovchisi va uning 2011 yilda tugʻilgan farzandi ogʻir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok boʻlgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Ishtixon tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Haydovchi protsessual tarzda qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!