Jamiyat

Andijonda shifokorlarning notoʻgʻri tashxisi tufayli homilador ayol vafot etdi

Andijonda shifokorlarning notoʻgʻri tashxisi tufayli homilador ayol vafot etdi

Andijonda shifokorlarning notoʻgʻri tashxisi tufayli homilador ayol vafot etgani boʻyicha barcha hujjatlar prokuraturaga berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida shifokorlarning notoʻgʻri tashxisi tufayli homilador ayol vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. SSV holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, shundan soʻng mazkur holat toʻliq nazoratga olinib, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida maxsus ishchi guruh tomonidan tezkor oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarga huquqiy baho berish taqozo qilingani sababli ekspertlarning dastlabki xulosalari hamda tegishli hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi. Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilyapti.