Avvalroq, Samarqand viloyatidagi maktabda direktor karta o‘ynagani, uning o‘rinbosari esa o‘quvchi qizni kaltaklagani haqida xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Ushbu hodisani sodir etgan direktor va uning o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarning birida maktab direktori o‘rinbosari (ayol kishi) o‘quvchi qizni kaltaklayotgani tasvirlangan. Boshqa bir videoda esa maktab direktori bir nechta sheriklari bilan karta o‘ynab o‘tirgani aks etgan.
Paxtachi tumani 8-umumta’lim maktabidagi holatga oid videolar yuzasidan Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari o‘rganish olib bordi va maktab direktori va uning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!