Fransiya, Germaniya va Britaniya Rossiya tufayli Eron bilan havo qatnovini to‘xtatdi. Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Eronning Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berishiga javoban Eron bilan havo qatnovi shartnomalarini bekor qilganini eʼlon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Davlatlar bayonotida ikki tomonlama kelishuvlarni bekor qilish choralarini ko‘rishlari qayd etilgan va Tehronni Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaga har qanday yordamni darhol to‘xtatishga chaqirgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!