Jamiyat, Sport

Oʻzbekiston ilk bor sumo boʻyicha jahon chempionatida medal oldi

Oʻzbekiston ilk bor sumo boʻyicha jahon chempionatida medal oldi

Oʻzbekiston tarixda birinchi marta bor sumo boʻyicha jahon chempionatida medal oldii (foto).

Oʻzbekistonlik sportchi Durdona Abdujabborova sumo boʻyicha 25-jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Unga koʻra, bu Oʻzbekistonning ushbu sport turi boʻyicha xalqaro maydondagi ilk yutugʻi boʻlgan. 7−8 sentyabr kunlari Polshaning Krotoshin shahrida jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Turnirda 33 davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Oʻzbekiston sharafini Abduqodir Usmonov (80 kilogrammgacha), Mahmudjon Maqsudov (115 kilogrammgacha), Faridaxon Toʻlashova (73 kilogrammgacha) va Durdona Abdujabborova (mutlaq ogʻir vazn) himoya qildi.

Abdujabborova oʻz toifasida Estoniya, Polsha va Ukrainadan kelgan raqiblari bilan oʻtkazilgan janglarda ikkita gʻalaba va ikkita magʻlubiyat qayd etdi va bu unga uchinchi oʻrinni egallash imkonini berdi. U bronza medalni yaponiyalik sportchi Ayri Hisano bilan baham koʻrdi. Norvegiyalik Katrin Frilset kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, ukrainalik Irina Pasechnik chempionlik unvoniga sazovor boʻldi.