Jamiyat

Ikki ming nafar nogironligi boʻlgan aholi onlayn ish bilan taʼminlanadi

Ikki ming nafar nogironligi boʻlgan aholi onlayn ish bilan taʼminlanadi

Oʻzbekistonda 2 ming nafar nogironligi boʻlgan aholi onlayn ish bilan taʼminlanadi.

Umumiy ovqatlanish sohasiga berilgan yengilliklarga javoban sohadagi yirik brendlar qisqa muddatda Samarqand, Andijon va poytaxtda 2 ming odamga ish berdi. Bu haqda Prezident raisligidagi kambagʻallikni qisqartirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishda maʼlum qilindi.

“Ikki yil avval umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlariga ijtimoiy soliqdan imtiyoz berilgan edi. Tadbirkorlarga shu imtiyoz yana 2 yilga uzaytirib berilsa, ular 150 ming ehtiyojmand aholini ish bilan taʼminlashga tayyor”, dedi Prezident.

Taʼkidlanishicha, ayrim korxonalar koll-markaz tashkil qilib, hozirni oʻzida 2 ming nafar nogironligi boʻlgan aholiga kompyuter va telefon olib berish orqali ularni uyini oʻzida ish bilan taʼminlamoqchi.

Xizmatlar sohasidagi tadbirkorlar kambagʻal aholini ishli qilaman desa, imtiyoz muddatini yana uzaytirish mumkinligi taʼkidlandi.