12-senyabr kuni 2-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Amaldagi chempion sanalgan O‘zbekiston yigitlar jamoasi Misrni 3.5:0.5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Qizlar jamoasi esa Angoladan 3:1 hisobida ustun kelgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu turda Jahongir Vohidov o‘rniga Javohir Sindorov harakat qilgan. Sindarov Misr vakili Vafa Hamid bilan durang qayd etdi. Qolgan barcha ishtirokchilar o‘z bahslarida g‘alabaga erishgan.
Qizlar jamoasida harakatlanayotgan Nilufar Yakubboyeva Angola vakiliga mag‘lub bo‘ldi. Qolgan uch shaxmatchining g‘alabasi O‘zbekiston qizlarining Angola ustidan g‘alabasini ta’minladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!