Kadastr raqami – yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli O‘zbekiston hududida takrorlanmaydigan raqam. U qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi.
Nizom quyidagilarni belgilaydi:
respublika hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish tarkibi va tamoyillari;
kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimida ko‘chmas mulk obektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish;
kadastr raqamlarini ko‘chmas mulk obektlari bo‘yicha toifalashtirish orqali ularni hisobga olish va hisobini yuritish.
Kadastr agentligiga 2024 yil 1 dekabrgacha O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishini ta’minlash topshirildi.
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni identifikatsiya qilish tizimi yagona tamoyil asosida tuzilgan bo‘lib, uning asosiga yer uchastkasining kadastr raqami kiritilgan.
Kadastr raqami – yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli O‘zbekiston hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!