Jahon, Siyosat

Shvetsiya muhojirlarga vataniga qaytishlari uchun 34 ming dollar berishga tayyor

Shvetsiya muhojirlarga vataniga qaytishlari uchun 34 ming dollar berishga tayyor

Shvetsiya hukumati mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etishga rozi boʻlgan muhojirlarga 34 ming dollargacha miqdorda pul toʻlashni rejalashtirmoqda. Boshqa Evropa davlatlari ham muhojirlarning vatanga qaytishi uchun grantlar taklif qilmoqda. Jumladan, Daniya kishi boshiga 15 ming dollardan koʻproq toʻlaydi, Norvegiyada taxminan 1400 dollar, Fransiyada 2800 dollar va Germaniyada 2000 dollar.

Shvetsiya urushlardan charchagan va ta’qibga uchraganlar uchun boshpana boʻlgan mamlakatni tark etgan muhojirlar uchun toʻlovlarni 34 ming dollargacha oshirishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi oʻng qanot hukumat payshanba kuni.

Qayd etilishicha, 2026-yildan boshlab oʻz vataniga ixtiyoriy ravishda qaytgan muhojirlar 350 ming shved kronasi (34 ming dollar) olish huquqiga ega boʻladi.

Hozirda vataniga ixtiyoriy ravishda qaytmoqchi boʻlgan muhojirlarga kattalar uchun 10 ming, bolalar uchun 5 ming, butun oila uchun esa 40 ming kronalik toʻlov chegarasi mavjud.

«Grant 1984-yildan beri mavjud, ammo u unchalik mashhur emas, miqdori kam va oz odam foydalanadi», dedi Shvetsiya demokratlaridan Lyudvig Aspling jurnalistlarga.

Ma’lum qilinishicha, oʻtgan yili faqat bir kishi taklifni qabul qilgan. Aspling esa grant haqida koʻproq odamlar bilsa va miqdori oshirilsa, koʻproq odamlar pulni olib ketishlari mumkinligini qoʻshimcha qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu pullarni olish uchun uzoq muddat ishsiz yurgan yoki daromadlari past boʻlgan bir necha yuz ming muhojirlarga murojaat qilishi mumkin.

Boshqa Evropa davlatlari ham muhojirlarning vatanga qaytishi uchun grantlar taklif qilmoqda. Jumladan, Daniya kishi boshiga 15 ming dollardan koʻproq toʻlaydi, Norvegiyada taxminan 1400 dollar, Fransiyada 2800 dollar va Germaniyada 2000 dollar.

Shvetsiyadagi muhojirlarning aksariyati sobiq Yugoslaviya, Suriya, Afgʻoniston, Somali, Eron va Iroq kabi mojarolar hukm surayotgan mamlakatlardan.

Evropada migratsiya inqirozi avjida boʻlgan 2015-yilning oʻzida Shvetsiya 160 ming boshpana izlovchini qabul qildi, bu Evropa Ittifoqidagi aholi jon boshiga eng yuqori koʻrsatkichdir.

Hukumat, shuningdek, giyohvand moddalaiste’mol qilgan, jinoiy guruhlarga aloqador yoki Shvetsiya qadriyatlariga tahdid soluvchi chiqishlar qilgan muhojirlarni chiqarib yuborishni osonlashtirishni rejalashtirmoqda.