Jamiyat

Oʻzbekistonda 16 sentyabr kuni ob-havo qanday boʻlishi maʼlum qilindi

Oʻzbekistonda 16 sentyabr kuni ob-havo qanday boʻlishi maʼlum qilindi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/sekund tezlikda esadi, 12-14 m/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 29-31 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, kechki tomon baʼzi joylarda bir oz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, kechki tomon baʼzi joylarda bir oz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 m/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.