Jahon, Sport

Ronalduda virusli infeksiya aniqlandi

Ronalduda virusli infeksiya aniqlandi

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida “Al-Shorta”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 39 yoshli hujumchining sog‘lig‘i yomonlashgan. Tibbiy ko‘rik natijasida portugaliyalik futbolchida virusli infeksiya aniqlangan. “Al-Nasr” shifokori futbolchiga davolanish kursini yozib berdi. Krishtianu bo‘lajak uchrashuvda ishtirok etmaydi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2023 yilning yanvaridan buyon Riyod klubida to‘p tepib kelmoqda. Uning “Al-Nasr” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum futbolchi klub safida mamlakat chempionatida  3 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.