Jahon

Vashington Ukraina bu qishki urushda mag‘lub bo‘lishidan qo‘rqadi – Politico

Vashington Ukraina bu qishki urushda mag‘lub bo‘lishidan qo‘rqadi – Politico

Nashrning qayd etishicha, rossiyalik qo‘mondonlar Ukraina energetika tizimini yo‘q qilish uchun havo hujumlari taktikasini o‘zgartirmoqda.

Ukraina rasmiylarining fikricha, uchta atom elektr stansiyasining falajlanishi iqtisodiyotni vayron qilishi va mamlakatning tinchlik muzokaralaridagi pozitsiyasini zaiflashtirishi mumkin.

Aynan shu xavotirlar Bayden maʼmuriyatining ATACMS va Storm Shadow kabi qurol-yarog‘larni uzatishga cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish qaroriga taʼsir qildi, deb yozadi gazeta.