“Ekologiya vazirligi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rsatkichi: erishilgan natijalar va kelgusi rejalar, shuningdek, ekologik ta’limni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda Ekologiya vazirining o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, Bosh prokuratura Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam O‘tayev, vazirlik boshqarma va bo‘lim xodimlari, tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bosh prokuratura Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam O‘tayev tasdiqladi.
Holat ortidan 2 nafar shaxs vafot etdi.
“Voqea joyiga viloyat prokurorining o‘zi chiqqan. Hozirda tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha OAVga axborot beriladi. O‘lim holati bo‘lgan. Ikki nafar shaxs o‘lgan. Yana tan jarohati olingan holatlar ham bor. Hozir tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha sizlarga ma’lumot beriladi”, deydi u.
Uning aytishicha, Kafrum, Kudana, Dashtig‘oz qishloqlari aholisi evakuatsiya qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov esa hududdan yuqori konsentratsiyadagi vodorod sulfid chiqmayotganini aytdi va yuzaga kelgan vaziyat ishlab chiqarish bilan bog‘liq texnik holat ekanini ta’kidladi.
Anjumanda vazirlik tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, kelgusidagi rejalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Joriy yil yakuniga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish mavsumida respublikamizda
75 mln tup daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi. Kuzgi ko‘chat ekish mavsumida respublika bo‘yicha 134 ta “Yashil bog‘”lar barpo etiladi. “Mening bog‘im” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan 215 ta tashabbuslarning loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi va kuzgi ko‘chat ekish mavsumida “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklarini” barpo etish ishlari boshlanadi. Yil yakuniga qadar Orol bo‘yi mintaqasida 300 ming gektar maydonda shundan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 ming, Navoiy viloyatida
50 ming, Buxoro viloyatida 40 ming va Xorazm viloyatida 10 ming gektar maydonda “Yashil qoplamalar” barpo etiladi. Joriy yil yakuniga qadar atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasiga mansub sanoat hamda yirik qurilish materiallari, energetika va metallurgiya korxonalari tomonidan o‘z va tutash hududlarida 10mln dona daraxt ko‘chatlari ekiladi va “yashil belbog‘”lar yaratiladi.
Qilinishi kòzda tutilgan ishlardan tashqari shu vaqtgacha ekologiyaga atrof muhit tozaligiga aloqador ishlar bo‘yicha ham qayta qayta takrorlandi
Tadbir turli OAV xodimlari jurnalistlarning òzlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilar tomonidan berilgan javoblar bilan nihoyasiga yetdi
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!