MAGATE bosh direktori Rafael Grossi O‘zbekistonga tashrif buyuradi va u yerda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator muzokaralar o‘tkazadi, deb xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.
Bu masala 17 sentyabr kuni Vena shahrida Grossining O‘zbekiston Atom energiyasi agentligi direktori Azim Ahmadxadjayev bilan uchrashuvida muhokama qilindi. Tashrifning aniq sanalari haqida hali hech narsa ma’lum emas.
Muzokaralar MAGATE Bosh konferensiyasining 20 sentyabrgacha davom etadigan 68-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda «O‘zatom» agentligi rahbari O‘zbekistonning atom energetikasi sohasida amalga oshirilgan ishlar va rejalari haqida taqdimot qildi.
«O‘zatom» rahbariyati Fransiyaning « Framatome va Assystem» kompaniyalari, Xitoy milliy yadro korporasiyasi va «Rosatom» davlat korporasiyasi vakillari bilan ham ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi. Tomonlar yadroviy fan va texnologiyalar sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1994 yilda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka a’zo bo‘lgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!