“Tojikaeronavigatsiya” DUK va “Oʻzaeronavigatsiya” markazi vakillari oʻrtasida “Dushanbe va Toshkent” havo harakatiga xizmat koʻrsatish hududida oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida Bitim imzolandi. Bu haqda Asia Plus nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning ishchi guruhi O‘zbekistonga tashrif buyurib, “O‘zaeronavigatsiya” markazi rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston hududidan boshlanib, Tojikiston hududida AGVUT punktida tugaydigan yangi havo yo‘nalishining texnik jihatlarini ham muhokama qildilar.
Ta’kidlanishicha, yangi havo yo‘lagi operatorlar uchun vaqt va yoqilg‘i sarfini tejash nuqtai nazaridan juda foydali.
Tojikiston delegatsiyasi o‘zbekistonlik hamkasblariga Tojikiston aeronavigatsiyasining yangi mahsuloti – parvozlarni rejalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda PBN (samaradorlikka asoslangan navigatsiya – samolyotlarga istalgan traektoriya bo‘ylab parvoz qilish imkonini beruvchi navigatsiya usuli)ni joriy etish natijalarini taqdim etdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!