Rossiya hozirda mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan xorijliklarning reyestrini tuzmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy “Kommersant” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Unga ko’ra, bu reyestrga kiritilganidan keyin migrantlar transport vositalarini boshqarish, bank xizmatlaridan foydalanish, mulkni ro‘yxatga olish, nikoh tuzish va bekor qilish, bolalarni bog‘cha va maktablarga ro‘yxatdan o‘tkazish imkonidan foydalana olmaydi.
Vazir o‘rinbosari mazkur loyihani amalga oshirish doirasidagi asosiy vazifalar qatorida yuqorida qayd etilgan xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik qilinishini belgilab bergan.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi va ichki ishlar organlarining texnik xizmatlaridan ham umid qilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!