Rossiyada rus tilini yaxshi bilmaydigan chet elliklarning ko‘pi bilan 3 nafar farzandini maktabga qabul qilish tavsiya qilinmoqda.
Rossiya Ta’lim vazirligiga ko‘ra, bunday o‘quvchilar sonining ko‘pligi ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Irina Yarovaya ham rus tilini bilish, migrantlarning ta’lim va moslashuvi bilan bog‘liq qonunchilikka o‘zgartirishlar tayyorlash haqida ma’lum qildi.
“Noqonuniy migratsiyani tartibga solish bo‘yicha yana beshta qonun loyihasi Davlat Dumasiga taqdim etishga tayyor, Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi ularga ijobiy javob berdi”, – dedi Yarovaya.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!