Joriy yilning o‘tgan davrida Kengash tomonidan sudyalik lavozimlariga tanlash va tayinlash (shu jumladan vakolati muddatiga qayta tayinlash) bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq tanlovlarda 503 nafar nomzod muhokama qilindi. Ularning 378 nafari (yoki 71.1 foizi) sudyalik lavozimiga munosib deb topilgan, 52 nafari (yoki 10.3 foizi) sudyalik lavozimiga nomunosib deb topilgan bo‘lsa, 73 nafari (yoki 14,5 foizini) vakolati muddatiga boshqa sudyalik lavozimiga qayta tayinlash rad etilgan.
Bu haqda kecha Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo’lib o’tgan “Sudyalar korpusini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro hamkorlik va milliy tajribalar” mavzusidagi matbuot anjumanida batafsil ta’kidlandi .
Ma’lumki, shu yilning iyul oyida Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyor kursini 153 nafar tinglovchi tamomladi. Keyingi ikki oyda davomida ularning 100 nafari (yoki 65 foizi) ochiq tanlov va muqobillik asosida sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlandi. Mazkur jarayon davom etmoqda.
2024-yilning 18-sentyabr holatiga ko‘ra, tizimda 1490 nafar sudya faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 209 nafarini (yoki 14 foizi) ayol sudyalar tashkil etdi. Ayollarning 24 nafari rahbar lavozimlarga tayinlangan.
Matbuot anjumanida ishtirok etgan Demokrat.uz sayti rahbari jurnalist Fazliddin Mehmonovning:
“Sudyalar va jurnalistlar o‘rtasida qachon tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi?” degan savoliga mas’ullar atroflicha javob berdi.
Bu tizim aslida 3 yildan beri yo‘lga qo‘yilgan, o‘tgan ikki yil mobaynida sudya va jurnalistlar ishtirokida ikki haftalik bepul o‘quv kurslar tashkil etildi. Birinchi tashkil etilgan o‘quv kursdagi ishtirokchilar soni 44 ta bo‘lsa keyingi yil bu ko‘rsatkich 84 nafarga ortdi. Har qanday sudda u agar ochiq sud bo‘lsa jurnalist va blogerlar bemalol jarayonni yoritish huquqiga ega” dedi sudyalar oliy kengashi raisining matbuot kotibi Tursunali Akbarov.
Shuningdek anjumanda faoliyat ko‘rsatayotgan sudyalarning 511 nafari (yoki 34,4 foizi) sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga, 923 nafari (yoki 61,9 foizi) o‘n yillik muddatga, 54 nafari (yoki 3,6 foizi) muddatsiz davriga tayinlanganligi aytib o‘tildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!