2024-yil 20-sentyabr kuni respublikamizda (“World cleanup day”) ya’ni “Butunjahon tozalik kuni” nishonlanishi belgilangan.
Mazkur kun munosabati bilan, joriy yilning 20-sentyabr kuni, soat 11:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Toshkent shahri hamda barcha viloyatlarda bir vaqtda, bir maqsadda — “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida keng jamoatchilik ishtirokida ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi.
Eko-tadbirning tantanali ochilish marosimida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov so‘zga chiqib, Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov BMT taqvimida belgilangan eko sana 20-sentabr — “World cleanup day” — “Butunjahon tozalik kuni”ni respublikamizning barcha hududlarida keng o‘tkazilishining sabablari, chiqindilardan tozalash, atrof-muhitni toza saqlash yo‘lida jamiyat, ommaviy axborot vositalari, davlat. idoralari va xususiy tadbirkorlik subyektlari sa’y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan bo‘lib, shuningdek, jamoatchilikda bu borada daxldorlik hissini uyg‘otishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shu kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 197 mamlakatda 100 milliondan ortiq ishtirokchi bilan ommaviy tozalash tadbirlari o‘tkazildi.
Olib borilayotgan ekologik nazorat va targ‘ibot-tashviqot ishlariga qaramasdan bugungi kunda aholi tomondan qattiq maishiy chiqindilarni duch kelgan yerlarga tashlab ketish, aholi punktlarida, magistral yo‘l yoqalarida, dala maydonlari chetlarida, suv havzalari qirg‘oqlarida noqonuniy chiqindixonalarning hosil bo‘lishi davom etmoqda.
Chiqindisiz tashabbuslar ularni to‘g‘ri boshqarish, nafaqat chiqindilarni hosil bo‘lishni minimallashtirish va oldini olish, balki ekologik inqirozni bartaraf etish, atrof-muhitni muhofaza qilish, inson salomatligi va farovonligini yaxshilashga yordam beradi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan 20-sentabr — “Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan bu kabi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!