2025- yildan boshlab, yagona tariflar asosida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti korxonalari qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lay boshlaydi. Yana ikki turdagi soliq imtiyozi tugatiladi.
Farmonga ko‘ra, 2025- yil 1- yanvardan e’tiboran, yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlari uchun QQS imtiyozi tugatiladi. Hozirda bu imtiyoz shaharda va shahar atrofida harakatlanuvchi jamoat transportlariga taalluqli (taksilar va yo‘nalishli taksilar bundan mustasno).
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun ham QQS imtiyozi bekor qilinadi;
- yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyoz bekor qilinib, mazkur yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!