Jahon

AQSh Ukrainaga 200 mln dollarlik sovg‘a jo‘natadi

AQSh Ukrainaga 200 mln dollarlik sovg‘a jo‘natadi

AQSh kelasi haftada Ukrainaga muhim qurollar paketi jo‘natishini e’lon qiladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, qurollar to‘plamiga artilleriya snaryadlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va jangovar amaliyotlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boshqa turdagi o‘q-dorilar kiradi.

“Qurollar paketi avvalgilariga qaraganda ancha katta bo‘lishi kutilmoqda, buning uchun so‘nggi oylarda taxminan 200 million dollar ajratilgan.

Biroq amalda Vashington Pentagon omborlarida qurol-yarog‘ taqchilligi sababli yetkazib berishni kechiktirishi mumkin ”, –  deyiladi xabarda.