35 yoshli erkak Telegram “Koshelyok” bo‘limida telefondan foydalanib noqonuniy ravishda kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirganligi aniqlangan.
2024-yil sentyabr oyining 20 kuni Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan 35 yoshli erkakka jazo tayinlandi. Bu haqda Oliy sud portalida ma’lumot keltirilgan.
2024-yil 7-sentyabr kuni IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. Telegram “Koshelyok” bo‘limida telefondan foydalanib noqonuniy ravishda kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirganligi aniqlangan.
Huquqbuzar sud majlisida, o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi huquqbuzarlik harakatiga iqrorligini, hozirda sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, boshqa bu kabi harakatlarni sodir etmasligini, sodir etgan qilmishining oqibatini to‘liq tushunib yetganligini, kripto-aktivlar aylanmasini qonunchilikda belgilangan tartibda oldi-sotdi qilish kerakligidan xabari yo‘qligini inobatga olib, suddan unga jazo tayinlashda yengillik berishni so‘radi.
Sud qarori bilan A.A,MJtKning 1554-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilsin va unga shu modda bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Ashyoviy dalil sifatida olingan 1 dona “Redmi 13C” rusumli telefon apparati qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilinsin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!