Qurbonlar soni 52 kishiga etdi
Eronning Janubiy Xuroson viloyatida ko‘mir konida metan gazi sizib chiqishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisada halok bo‘lganlar soni 52 nafarga etdi, 20 kishi jarohatlandi. Viloyatda 3 kunlik motam e’lon qilindi.
Eronning Janubiy Xuroson viloyatidagi Tabas ko‘mir konida yuz bergan portlash qurbonlari soni ortib bormoqda. Shaxtaning B va S bloklarida metan gazi sizib chiqishi natijasida sodir bo‘lgan portlashda hayotdan ko‘z yumganlar soni 52 nafarga etdi, eng kamida 20 kishi jarohatlandi.
Hodisa vaqtida voqea joyida 69 kishi ishlagan, dedi Janubiy Xuroson gubernatori Javad Genaatzoda. Vayronalar ostida qancha odam qolgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilmagan.
Tabas koni 30 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallaydi va Eron poytaxti Tehrondan taxminan 540 km uzoqlikda joylashgan. Eron davlat axborot agentligi IRNA Tabasni mamlakatdagi «eng boy va eng katta ko‘mir tumani» deb ataydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!