22-sentabr kuni haydovchining ehtiyotsizligi tufayli Chirchiq shahridagi kanalga tushib ketgan “Spark” avtomobili FVV qutqaruvchilari tomonidan chiqarib olindi. Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat bo‘yicha FVBga kelib tushgan xabarga ko‘ra qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan.
“Chirchiq shahar FV bo‘limi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, hamkorlikdagi xizmatlar bilan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi. Avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan. Haydovchi avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan”, — deyiladi xabarda.
Rasmiylarga ko‘ra, hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!