Jang kechasining co-main eventida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Mahmud Murodov bahs olib bordi.

O‘rta vazn toifasidagi Murodovga angliyalik Skott Askhem raqiblik qildi. To‘liq davom etgan jangda Murodov ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov UFC’da 7 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Uning so‘nggi jangi o‘tkazilmagan deb topilgan. May oyida UFC Murodov bilan shartnomani bekor qilgan. Bunga sportchining ketma-ket janglari bekor qilingani sabab bo‘lishi mumkin.

Murodov joriy yilning iyun oyida Octagon MMA ligasi bilan shartnoma imzoladi.

Avvalroq Mahmud Murodov Chexiyada “jamiyat uchun xavfli” deb topilib doimiy yashash huquqidan mahrum qilingani xabar qilingandi.