Jamiyat

Bexzod Musayev yangi lavozimga tayinlandi

Bexzod Musayev yangi lavozimga tayinlandi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Bexzod Musayev boshqa rahbarlik lavozimiga tayinlandi.

Bexzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlanadi. Bu haqda prezident ishtirokida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilidi.

Qayd etilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

Agentlikka fuqarolarning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi. Hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar bo‘lishi belgilandi.