Eron Afg‘oniston bilan chegarasida 10 kilometrlik devor qurilishini yakunladi
Ma’lum qilinishicha, yaqin vaqtlarda chegara bo‘ylab yana 50 kilometrlik devor qurilishi rejalashtirilgan. Eron harbiy shaxslarining aytishicha, devor qurishdan maqsad narkosavdo, shuningdek, Afg‘onistondan keladigan noqonuniy migrantlar va terroristik guruhlar faoliyatiga batamom chek qo‘yishdan iborat.
Bundan tashqari, Eron hukumati kelgusi yilning 20-mart sanasigacha millionlab noqonuniy afg‘on migrantlarini o‘z hududidan chiqarib yuborishini e’lon qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!